Mahsulot qutilari yohud mahsulot karobkalari ishlab chiqaramiz — Shaxsiy Dizayn Asosida
Brendingiz uchun maxsus ishlab chiqarilgan mahsulot qutisi — logotipli, estetik va ishonchli qadoqlash yechimlari. Korobka.uz bilan mahsulotingiz taqdimoti professionallikka chiqadi.
Nima uchun aynan shaxsiylashtirilgan mahsulot qutilari?
Brendlangan yoki shaxsiy dizayn
Logotipli va dizaynli qadoqlash mahsulotingizni raqobatchilardan ajratib turadi va mijozlar ongida brendingizni mustahkamlaydi.
Sifatli bosma xizmatlari
logotip, yozuvlar, naqshlar, folga bosma yoki UV lak
Turli shakl va o‘lchamlar
kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, yurak shaklidagi, tortma yoki magnitli qutilar
Ekologik materiallar
qayta ishlanadigan karton va gofra materiallar
Raqobat kuchli bo‘lgan bozorda mahsulotingizning tashqi ko‘rinishi iste’molchi e’tiborini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Aynan shuning uchun mahsulot qutilari (yoki mahsulot karobkalari) mahsulotning o‘zi kabi muhim sanaladi. Chiroyli, bardoshli va brendingizga mos qadoqlash — bu mijozning siz haqingizdagi ilk taassurotidir.
Korobka.uz jamoasi sizga mahsulot qutilari ishlab chiqarish va mahsulot karobkalari buyurtma qilish bo‘yicha professional yechimlarni taklif etadi. Har bir quti sizning mahsulotingizga mos tarzda o‘lchanadi, ishlab chiqiladi va sifatli materiallardan tayyorlanadi.
Biz qanday mahsulot qutilarini tayyorlaymiz?
Kosmetika uchun qutilar
krem, atir, loson uchun
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlash
shokolad, yong‘oq, choy
Elektronika va aksessuarlar uchun qutilar
quloqchin, kabel, telefon aksessuarlari
Farmatsevtika mahsulotlari uchun karobkalar
dorilar, vitaminlar
Har bir quti gofra karton, kraft qog‘oz, yoki premium materiallardan tayyorlanadi. Ichki bo‘linmalar, oynali o‘ramlar, lentali yopiluvchilar ham mavjud.
Ko'p so'raladigan savollar
Mahsulot qutisi o‘lchamini o‘zim belgilay olamanmi?
✅ Ha, mahsulotingizga mos o‘lcham, shakl va dizayn asosida quti tayyorlab beramiz.
Minimal buyurtma miqdori qancha?
✅ Minimal buyurtma 100 dona. 500+ va 1000+ buyurtmalarga chegirmalar taqdim etiladi.
Mahsulot karobkalari logotipli qilsa bo'ladimi?
✅ Albatta! Logotipingiz, reklama matni yoki grafik dizaynni bosib chiqaramiz. Ofset yoki raqamli bosma mavjud.
Yetkazib berish qancha vaqt oladi?
✅ Odatda 3–7 ish kuni ichida ishlab chiqariladi va O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi.
Mahsulot Qutilari buyurtma qilish
Buyurtma berish oson
O'chami, shakli, dizayni va miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarni bizga jo'nating. Qutilaringiz ishlab chiqiladi va sizga yuboriladi. Agar dizayn yo‘q bo‘lsa, bizning dizaynerlar bepul maslahat beradi! Marhamat mahsulot karobkalari buyurtma qilish tugmasini bosing va buyurtma qiling!
Logotipli maxsus qutilar — mahsulotingiz qadrini oshiradigan eng muhim detal
Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni sifatsiz qadoqlash bilan yakunlansa, mijozda mahsulot haqida salbiy taassurot paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, karton mahsulot uchun gofra qadoq har bir brend uchun muhim marketing vositasiga aylanmoqda. Qadoqlash mahsulotni himoya qilishi kerak — bu shubhasiz. Ammo u bilan birga taassurot uyg‘otishi, brendni esda qoldirishi va sotuvni oshirishi ham lozim.
Korobka.uz tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot uchun karobkalar estetik, sifatli va amaliy jihatdan to‘liq yondashuvga ega. Biz mijozga nafaqat go‘zal qadoq, balki sizning mahsulotingizga mos shakl, o‘lcham va dizayn taklif qilamiz. Har bir quti mahsulot xususiyatlariga qarab individual ishlab chiqiladi: kosmetika, oziq-ovqat, elektronika, sovg‘alar, dorilar yoki maxsus to‘plamlar uchun.
Maxsus qutilar buyurtma qilish orqali siz mahsulotingizni bozorda ajratib ko‘rsatishingiz, mijoz e’tiborini jalb qilishingiz va mahsulotga bo‘lgan ishonchni oshirishingiz mumkin. Ayniqsa, logotipli, shaxsiylashtirilgan dizaynlar bilan tayyorlangan qutilar brendni yodda qoldiradi va har bir yetkazib berilgan mahsulot orqali reklama vazifasini bajaradi.
Yodingizda bo‘lsin — mahsulotingiz qanchalik yaxshi bo‘lmasin, uni to‘g‘ri va chiroyli qadoqlamasangiz, uning qiymati to‘liq yetib bormaydi. Shuning uchun, karton mahsulot qutisi — sizning jim, lekin samarali sotuvchingizdir. Korobka.uz bilan birgalikda bu imkoniyatdan to‘liq foydalaning!
Mahsulotlarimiz
Shaxsiy qadoqlash uslubingizni tanlang
Har bir quti buyurtmachining ehtiyojiga qarab ishlab chiqiladi: o‘lchami, bosma turi, rang va ichki elementlar sizning talabingiz asosida moslashtiriladi.