Korobka.uz haqida
Siz mahsulot ishlab chiqaring, uni jozibali ko‘rsatishni bizga ishonib topshiring — Korobka.uz bilan har bir quti reklamangizga aylanadi!
shaxsiylashtirilgan qadoqlash kompaniyasi
Qadoqlash — jim reklama. Korobka.uz bilan mahsulotingiz gapirsin!
Korobka.uz — bu O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, gofra qutilar, mahsulot karobkalari, sovg‘a qutilari, yuk qutilari, pochta qutilari va shaxsiylashtirilgan qadoqlash yechimlarini taklif qiluvchi zamonaviy kompaniya. Biz mahsulotlarni nafaqat qadoqlaymiz, balki ular orqali sizning brendingizni taqdim etamiz.
Har bir quti biz uchun oddiy karton emas, balki mijozingiz bilan bo‘ladigan birinchi aloqa vositasidir. Shu bois, biz qutilarni faqat ishlab chiqarmaymiz — ularni diqqat, estetika va brend strategiyangizga mos tarzda yaratamiz.
Jarayon
Shaxsiy qadog'ingiz uchun qadamlar
1. Maslahat
Biz sizning fikringiz va ehtiyojlaringizni aniqlash uchun shaxsiy maslahat bilan boshlaymiz.
2. Dizayn
Mutaxassislarimiz kerakli dizaynni ishlab chiqib siz bilan bog'lanadilar. Kelishilgan o'lcham va shaklda karobka yasaladi.
3. Bajarish
Tajribali jamoamiz tayyor bo'lgan qutilarga ajoyib dizaynni nashr qilishadi
Gofra qutilar ishlab chiqaruvchi
Bizning maqsadimiz
Korobka.uz jamoasining asosiy maqsadi — mijozlarga yuqori sifatli, bardoshli va brendga mos qadoqlash mahsulotlarini taqdim etishdir.
Biz mahsulot qadoqlanishi orqali kompaniyangizning ishonchliligi va qadriyatlarini aks ettiradigan professional yechimlarni taklif qilamiz.
Karton qutilar ishlab chiqaruvchi
Biz nimalar ishlab chiqaramiz?
Gofra qutilar — yuk tashish va saqlash uchun
Mahsulot qutilari — kosmetika, elektronika, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sohalar uchun
Sovg‘a karobkalari — bayramlar, tadbirlar va reklama to‘plamlari uchun
Yuk karobkalari — mustahkam shipping box’lar
Shaxsiylashtirilgan qadoqlash — logotipli, dizaynli, maxsus o‘lchamdagi qutilar
💼 Nega mijozlar bizni tanlaydi?
Qulay narxlar
Yirik buyurtmalarga chegirmalar
Ishonchli yetkazib berish
Butun O‘zbekiston bo‘ylab tezkor yetkazib berish
Sifatli materiallar
Faqat sertifikatlangan gofra karton ishlatiladi
Moslashtirilgan dizayn
Sizning brendingizga mos o‘lcham, rang va dizayn
Karobka ishlab chiqaruvchi firma
🛠 Texnologiyamiz
Ishlab chiqarish jarayonlarimiz zamonaviy texnologiyalarga asoslangan. Dizayn bosqichidan boshlab kesish, buklash, bosma va yig‘ishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar nazorat ostida olib boriladi. Bu esa har bir qutining sifatini kafolatlaydi.
📞 Biz bilan aloqada bo‘ling
O'chami, shakli, dizayni va miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarni bizga jo'nating. Qutilaringiz ishlab chiqiladi va sizga yuboriladi. Agar dizayn yo‘q bo‘lsa, bizning dizaynerlar bepul maslahat beradi!